Qashqadaryoda eshak so‘yilayotgan xonadon haqida xabar bergan ayol do‘pposlandi

Jamiyat 18:03 / 31.05.2022 26872

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan xonadonda eshaklar so‘yilayotgani haqida xabar bergan ayol kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi.

Xabarlarga ko‘ra, G‘uzor tumani “Eshonquduq” MFYda joylashgan xonadonda eshaklar so‘yilayotgani haqida xabar bergan Sh.A.ni xonadon bekasi kaltaklagani aytilmoqda. Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilishicha, 2022 yil 28 may kuni soat taxminan 11:30 larda G‘uzor tumani “Eshonquduq” MFYda yashovchi fuqarolar S.G. va Sh.A. o‘zaro janjanlashib, bir-biriga tan jarohati yetkazgan.

“Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan o‘rganish yakuni bilan qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi munosabatda.

Ko‘proq yangiliklar: