O‘zbekistonga elektromobillar importi 5,2 baravarga oshdi

O‘zbekiston 07:45 / 27.05.2022 5991

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 21,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 734 ta elektromobil import qilgan.

Qayd etilishicha, elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 594 taga yoki 5,2 barobarga oshgan.

2022 yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston asosan Xitoydan elektromobillarni import qilgan – 654 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • BAA – 40 ta;
  • Germaniya – 17 ta;
  • Hongkong – 10 ta;
  • Litva – 6 ta;
  • Estoniya – 2 ta;
  • Koreya – 2 ta.

Bundan oldin yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 30 mingtaga oshgani xabar qilingandi

Ko‘proq yangiliklar: