Toshkentda kredit qarzdorligini yopish maqsadida soxta tadbirkorlik bilan shug‘ullangan fuqarolar aniqlandi

O‘zbekiston 07:09 / 21.05.2022 4112

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “Z.G.” MChJ norasmiy rahbari A.T. va “A.P.” MChJ rahbari A. o‘zaro til biriktirib, “A.P.” MChJning kredit qarzdorligini yopish uchun “N.P.” MChJni tashkil qilib, bank filialidan “Z.G.” MChJga tegishli Zangiota tumanidagi bino-inshootlarni bank krediti asosida sotib olish uchun ajratilgan 1,5 mlrd so‘mning 1 mlrd so‘mini “A.P.” MChJning qarzdorligini qoplashga yo‘naltirib, qolgan 500 mln so‘mini shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 179-moddasi (soxta tadbirkorlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Qibrayda bank xodimi bilan til biriktirgan fuqaro 1 mlrd so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: