Garri Kasparov va Mixail Xodorkovskiy Rossiyada «xorijiy agentlar» deb e’lon qilindi 

Jahon 07:48 / 21.05.2022 15967

Rossiya Adliya vazirligi 20 may, juma kuni shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparovni «xorijiy agentlar» deb atalgan shaxslar reyestriga kiritdi. Bu ro‘yxatga taniqli shaxmatchi va Kreml tanqidchisidan tashqari, Rossiyaning YuKOS neft kompaniyasining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy ham qo‘shildi.

Reyestrga ko‘ra, Kasparov va Xodorkovskiy Ukrainadan «xorijiy moliya mablag‘lari» olib, siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Adliya vazirligi YuKOSning sobiq rahbarini Human Righs Foundation Amerika jamg‘armasi bilan bog‘lagan.

Kasparov xabar e’lon qilingan vaqtda Rossiya rasmiylarining qaroriga izoh bermagan. Xodorkovskiy Twitter mikroblogida qisqacha shunday yozgan: «Yaxshi rus»ning pasporti olindi». 

Mixail Xodorkovskiy / Foto: Reuters

Rossiyada «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonunchilik 2012 yilda paydo bo‘lgan. O‘shandan beri 450 ga yaqin tashkilot va jismoniy shaxslar taqiq ro‘yxatiga kiritilgan. «Chet el agentlari» jismoniy shaxslar reyestri aprel oyi boshida ishga tushirildi va «xorijiy agent NNTlar», «xorijiy agent ommaviy axborot vositalari» va ro‘yxatdan o‘tmagan «xorijiy agentlar tashkilotlari» ro‘yxati bilan bir qatorda, to‘rtinchi shunday ro‘yxatga aylandi.

Ko‘proq yangiliklar: