Rossiyadan Yevropaga Ukraina orqali gaz yetkazib berish hajmi ikki baravarga kamaydi 

Jahon 15:46 / 18.05.2022 7435

Oxirgi haftada Rossiyadan Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi 50 foizga kamaydi, deb yozadi «Onado‘lu» agentligi. 

Qayd etilishicha, joriy yil 1 yanvar holatiga Yevropa ittifoqiga Ukraina orqali gaz yetkazib berish sutkasiga 74,4 mln kub metrni tashkil etgan. 

24 fevraldan so‘ng Yevropaga gaz yetkazish hajmi o‘sa boshlagan.

May oyining birinchi o‘n kunligida sutkalik hajm 100-110 mln kub metrni tashkil qilgan.

Oxirgi kunlarda Ukraina orqali gaz yetkazib berish hajmi pasaya boshlagan. 17 may kuni bu raqam 49,3 mln kub metrga teng bo‘lgan. 

Rossiya gazi Ukraina orqali Avstriya, Slovakiya, Moldova, Ruminiya, Italiya va Chexiyaga yetkazib beriladi. 

Yevropa iste’mol qiladigan tabiiy gazning qariyb 40 foizini Rossiyadan oladi.

Ko‘proq yangiliklar: