Sirdaryoda tadbirkorning qarzini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi ushlandi

Jamiyat 13:50 / 13.04.2022 7016

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Sirdaryo tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Sirdaryo tumani elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi O‘.T. tadbirkor Sh.ning savdo do‘konidagi elektr energiyasidan 5 million so‘m qarzdorligini tanishlari yordamida yo‘q qilib berish va yangi elektr hisoblagich o‘rnatib berish evaziga 2,5 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Qashqadaryoda fuqaroning soliqdan bo‘lgan qarzini o‘chirish evaziga pul olgan soliqchi ushlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: