Toshkent shahri mahallalarida infratuzilmani yaxshilashga 500 mlrd so‘m ajratiladi

O‘zbekiston 07:19 / 22.01.2022 3650

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilda Toshkent shahri mahallalarida infratuzilmani yaxshilashga budjetdan 500 milliard so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. 

Shuningdek, davlat tomonidan mahallalarda biznesni rivojlantirishga 476 milliard so‘m kredit va subsidiyalar beriladi. Ushbu mablag‘lar hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan, mahalladagi eng dolzarb bo‘lgan ijtimoiy va kommunal masalalarga hamda tadbirkorlik loyihalariga yo‘naltirilishi aytildi.

Toshkent shahar hokimligiga shu paytgacha birorta investitsiya loyihasi bo‘lmagan 271 ta mahalla uchun loyihalar shakllantirib, ularga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha topshiriq berildi. 

Yangi sanoat loyihalarini ishga tushirib, shahar eksportini 2 barobarga oshirish mumkinligi qayd etildi.

Ko‘proq yangiliklar: