Namanganda Nexia pastlikka tushib ketdi

O‘zbekiston 15:41 / 22.01.2022 7990

Chortoq tumanida "Nexia" avtomobili pastlikka tushib ketgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 21 yanvar kuni soat 18:00 larda, Namangan viloyati, Chortoq tumani hududidan o‘tuvchi 4P-117B avtomobil yo‘lining 1-kilometrida haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan S.T. Nexia rusumli avtomobilini boshqarayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, ehtiyotsizligi oqibatida pastlikka tushib ketgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: