Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.
«Prezidentlar ikki davlat hukumatlari rahbariyati darajasidagi muzokaralar jarayonini faollashtirishga kelishib oldilar», deyiladi Qozog‘iston prezidenti sayti xabarida.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-tranzit, madaniy-gumanitar hamkorlikning muhim jihatlarini muhokama qilgan, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston prezidenti sayti ham ushbu muloqot to‘g‘risida ma’lumot berdi.
«Davlat rahbarlari ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani, tovar ayirboshlash ortayotgani va kooperatsiya aloqalari kuchayib borayotgani, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021 yil 5-6 dekabr kunlari Qozog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.
Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan savdo va logistika, mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, kimyo va farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish, shuningdek, ikki mamlakat hududida Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi va ulgurji-taqsimlash markazlarini barpo etishga alohida e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidenti tomonidan mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi. Prezidentlar joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuviga doir masalalarni muhokama qildilar.
Telefon orqali muloqot har doimgidek ochiq, amaliy va do‘stona ruhda o‘tdi», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 10 yanvar kuni ham O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tgandi. Prezident To‘qayev Qozog‘iston Respublikasidagi joriy holat hamda mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot bergandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
Mavzuga oid

20:30 / 10.07.2025
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

16:48 / 10.07.2025
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

14:32 / 09.07.2025
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda

17:57 / 08.07.2025