To‘qayev milliy gvardiya qo‘mondoni va mudofaa vazirini tayinladi

Jahon 15:33 / 19.01.2022 17626

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ruslan Jaksilikovni mamlakat mudofaa vaziri etib tayinladi.

Bunga qadar Jaksilikov ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – milliy gvardiya bosh qo‘mondoni lavozimida faoliyat olib borayotgandi.

Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Yerkin Botakanovni milliy gvardiya bosh qo‘mondoni etib tayinladi. Bunga qadar Botakanov milliy gvardiya bosh qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Qozog‘istonni qamrab olgan ommaviy namoyishlar fonida Qosim-Jo‘mart To‘qayev Asqar Mamin boshchiligidagi hukumatni iste’foga chiqargandi.

Ko‘proq yangiliklar: