Ochiq elektron tanlov asosida ajratilgan yerlarda amalga oshiriladigan loyihalar kompleks monitoring qilinadi

O‘zbekiston 07:52 / 18.01.2022 3003

Vazirlar Mahkamasining “Ochiq elektron tanlov asosida ajratilgan yerlarda amalga oshiriladigan loyihalarni kompleks monitoring qilish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi ochiq elektron tanlov asosida ajratilgan yerlarda amalga oshiriladigan loyihalarni kompleks monitoring qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi:

  • ochiq elektron tanlov asosida ajratilgan yerlarda amalga oshiriladigan loyihalarni kompleks monitoring qilish tartibi;
  • yer ajratish davrida ijarachi tomonidan zimmasiga olingan majburiyatlar bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalarni kompleks monitoring qilish va ko‘rsatkichlar bo‘yicha tasniflash mezonlari;
  • kompleks monitoring natijalarini baholash va rasmiylashtirish tartibi.

Belgilab qo‘yilishicha:

  • qishloq xo‘jaligi ekinlari monitoringini yuritish, shuningdek, ochiq elektron tanlov asosida ajratilgan yerlarda amalga oshiriladigan loyihalarni kompleks monitoring qilish natijalariga ko‘ra ijarachilar faoliyati “yaxshi”, “o‘rta”, “yomon” ko‘rsatkichlarda tasniflanib boriladi;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan ochiq elektron tanlov asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlarida amalga oshiriladigan loyihalar kompleks monitoring qilish natijalari bo‘yicha “yomon” ko‘rsatkichdagi ijarachilarga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy jazo choralari qo‘llaniladi;
  • ochiq elektron tanlov asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlarida amalga oshiriladigan loyihalarni kompleks monitoring qilish natijalariga ko‘ra aniqlangan “yaxshi”, “o‘rta”, “yomon” ko‘rsatkichlarda tasniflangan ijarachilarning hisobi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Geoportal” elektron axborot tizimida yuritiladi;
  • ochiq elektron tanlov asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlarida amalga oshiriladigan loyihalarni monitoring qilish hamda monitoring natijasi bo‘yicha aniqlangan yer qonunbuzilishi holatlariga nisbatan choralar ko‘rish xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi va tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olishning yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan holda amalga oshiriladi;
  • ketma-ket uch yil davomida “yomon” ko‘rsatkichlarda tasniflangan ijarachi bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari talabiga muvofiq sud qaroriga asosan bekor qilinadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2022 yil 31 dekabriga qadar uchuvchisiz uchish apparatlari (dron) va kosmik tasvirlar asosida qishloq xo‘jaligi yerlarining yangilangan xaritasini, tuproq sifati, sho‘rlanishi, yaylovlar geobotanikasi, yer degradatsiyasi, qishloq ekinlari rivojlanishi va boshqa mavzuli xaritalarni yaratish tizimini yo‘lga qo‘yadi.

Ko‘proq yangiliklar: