Toshkentda beton to‘siqqa urilgan «Kobalt» haydovchisi voqea joyida vafot etdi

O‘zbekiston 11:05 / 17.01.2022 8528

17 yanvar kuni soat 23:43 larda "102" tizimidan tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 23:00 larda Yunusobod tumanida THAY ko‘chasida, haydovchi, 1975 yilda tug‘ilgan A.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib beton to‘siqqa urilgan

Natijada, haydovchi A.A. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan, ushbu avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro – 1976 yilda tug‘ilgan A.U. “chap oyoq boldir bo‘g‘imi sinishi” tashxisi bilan 7-ShKShga yotqizilgan. 

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ko‘proq yangiliklar: