Renessans kino uyida o‘tkazilgan anjumanda haftaning har shanbasi «Milliy kino kuni» sifatida o‘tkazilishi belgilandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, shu kuni davlat va nodavlat telekanallarda faqat milliy filmlar namoyish qilinadi. Bu xorijiy kinofondlardan qaytarilgan o‘zbek filmlarining etalon nusxalari ekani ta’kidlanmoqda.
Tadbirdan maqsad milliy manfaatlarni himoya qilish, milliy madaniyat va qadriyatlarni asrash, kelgusi avlodlarga bus-butun yetkazish, yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ekani aytilgan.
Anjumanda Kinematografiya agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi hamda nodavlat telekanallar rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etgan.