Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodimini haqoratlagani ortidan ishdan olingan Quva tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari “uchastkavoy”lik qilmoqda
Sobiq profilaktika inspektori Nozimjon Nishonovning vazirga yo‘llagan videomurojaati va internetdagi ketma-ket chiqishlari ortidan vazifasidan ozod etilgan Quva tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari mayor Aziz Ahmadjonov bugungi kunda Toshloq tumanidagi mahallalarning biriga “uchastkavoy”likka tayinlangan.
25 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan so‘ng Kun.uz muxbirining quvalik sobiq inspektor bilan bog‘liq xizmat tekshiruvi natijasi hamda mayor Ahmadjonovning ishdan ketgani nima uchun rasman e’lon qilinmayotganiga javoban Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayev audio internetda tarqalgach, Ahmadjonovni lavozimidan olib, oddiy profilaktika inspektori lavozimiga tayinlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritilganini ma’lum qildi.
“IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Berdialiyev ham bu borada intervyu berdi. Mayor Ahmadjonov mana shu holat sabab ishdan olindi. Bundan avval lavozimidan olish uchun asos bo‘lmagan.
Sobiq profilaktika inspektori Nozimjon Nishonov tomonidan yozib olingan audioyozuv chiqqanidan keyin biz mayor Ahmadjonovni lavozimidan olib, oddiy profilaktika inspektori lavozimiga tayinlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritganmiz. Bu biz uchun jinoiy ish yoki ichki ishlar idoralaridan haydash uchun yetarli asos emas. Rahbar bo‘lib turib shunday gaplarni gapirishi, haqorat qilishi, so‘kishi hammasi.
Lekin shu bilan birga bu jinoyat bo‘ladimi, jinoiy tartibga tortadimi yo‘qmi, xizmat tekshiruvi uchun prokuraturaga berildi. Agar prokuratura mazkur holatda jinoyat alomatlari bor, deb topsa va jinoiy javobgarlikka tortilsa, sud hukmiga asosan biz xodimni ichki ishlar tizimidan bo‘shatamiz. Hozirda mayor Ahmadjonov Toshloq tuman IIBda profilaktika inspektori bo‘lib ishlayapti”, degan Toshxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, Quva tumani Baynalmilal mahallasi profilaktika inspektori lavozimida ishlagan, ayni paytda vazifasidan chetlashtirilgan sobiq xodim Nozimjon Nishonov 9 noyabr kuni Facebook orqali ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hamda vazirlikning Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Mirzayevga videomurojaat bilan chiqqandi. Videomurojaatda u mayor Ahmadjonov profilaktika inspektorlarini molxonasi qurilishida ishlatgani, ulardan 55 ming so‘mdan pul yig‘ib olgani, haydovchilarni jarimaga tortish bo‘yicha “plan” belgilaganini aytgandi.

Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Berdialiyev Kun.uz'ga bergan intervyusida xizmat tekshiruvlari davomida Quva tumani ichki ishlar bo‘limi rahbarlarining tamagirligi, profilaktika inspektorlarini molxona qurilishida ishlatgani bilan bog‘liq faktlar tasdig‘ini topmaganini aytgandi.
Biroq shundan keyin sobiq inspektor navbatdagi videomurojaat bilan chiqdi. Videoda Quva tumani IIB rahbarlaridan biri deyilayotgan shaxs inspektorni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagani, unga tahdid qilgani eshitiladi.
Shu paytga qadar IIV yoxud viloyat IIB tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalari jamoatchilikka oshkor qilinmagandi. Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov xizmat tekshiruvi yakunlanmagani bois mayor Aziz Ahmadjonov va boshqa mansabdor shaxslarning lavozimidan chetlashtirilganini tasdiqlay olmasligini, tekshiruv yakunlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilishini ma’lum qilgandi.
Kun.uz o‘z manbalariga tayanib, Quva tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari mayor Aziz Ahmadjonov 28 noyabr kuni vazifasidan chetlatilgani, shuningdek, internetda tarqalgan videomurojaatlarga aloqador barcha xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani, bu tekshiruvlar natijasida Quva tumani ichki ishlar bo‘limining yana bir nechta mulozimi intizomiy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

20:39 / 02.07.2025
Xo‘jaobodda qotillik qurboni bo‘lgan profilaktika inspektori so‘nggi manzilga davlat madhiyasi sadolari ostida kuzatildi

15:11 / 28.06.2025
Toshkentda profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi

09:33 / 15.06.2025
Qashqadaryoda o‘zini profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqarodan pul olayotgan shaxs ushlandi

19:36 / 14.03.2025