Turk lirasi qadrsizlanishda davom etmoqda. Istanbul birjasi o‘z ishini to‘xtatdi

Iqtisodiyot 22:15 / 17.12.2021 21499

Birja saytida ma’lum qilinishicha, savdolar vaqtida bozorlar muayyan qiymatga pasaygandan keyin savdolarni to‘xtatish tizimi ishga tushgan. “Birjamizda barcha aksiyalar bozorida bitimlar tuzish vaqtincha to‘xtatildi”, deb aytilgan birja xabarida.

16 dekabrda Turkiya markaziy banki tayanch stavkasini 15 foizdan 14 foizgacha pasaytirdi. Buning oqibatida 17 dekabrda turk lirasi dollarga nisbatan 9 foizga, ya’ni bir dollarga 17,14 liragacha qadrsizlangan. Bu lira qadrsizlanishining navbatdagi antirekordi hisoblanadi.

Turk lirasi noyabr o‘rtalaridan kuchli qadrsizlana boshladi. Bu Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an markaziy bankni tayanch stavkasini 3 oy ichida 3 marta tushirgani uchun maqtagandan keyin yuz bergan.

Lira qadrsizlanishi ortida 2 dekabrda Erdo‘g‘an moliya vaziri Lutfiy Alvonni iste’foga chiqardi.

Ko‘proq yangiliklar: