Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Qashqadaryoyo‘lko‘kalam” bir yilda sakson mingdan ortiq daraxt ekyapti
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta'minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda xususan, «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish masalasi ko‘tarildi.
Aytish mumkinki, ushbu tashabbus “Qashqadaryoyo‘lko‘kalam” unitar korxonasining bevosita olib borayotgan faoliyati bilan hamohangdir.


Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida 22 ming kilometrdan ortiq avtomobil yo‘llari mavjud. Shundan 3487 kilometri umumfoydalanuvdagi, 18548 kilometri ichki xo‘jalik yo‘llari hisoblanadi. “Qashqadaryoyo‘lko‘kalam” unitar korxonasining asosiy faoliyati viloyatdagi avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura badiiy tuzilishi, yo‘l chetlariga manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, obodonlashtirish, ularni saqlash, sug‘orish hamda ko‘chat yetishtirishdan iborat.


Tashkilotda bugungi kunda 66 nafar doimiy, o‘ttizdan ortiq mavsumiy ishchi-xodimlar xizmat qilib kelmoqda.
“Qashqadaryoyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi to‘rt yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2018 yilda 68870, 2019 yilda 63681, 2020 yilda 80792 hamda joriy yilda 67589 dona, jami 280932 dona manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.


Korxona tasarrufida ko‘chatlarni yetishtirish va saqlashga ixtisoslashgan 32 gektardan iborat pitomnik mavjud. 2021 yilning kuzi va 2022 yilning bahorida ushbu pitomnikdan 40 mingdan ortiq ko‘chat olib ekilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi vaqtda pitomnikda 346 ming dona manzarali daraxt va buta ko‘chatlari parvarishlanmoqda.


Korxona ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash maqsadida agrotexnika (yerni shudgor qilish) ishlarini olib borish, mineral o‘g‘it berish, yoz mavsumida kechasi sug‘orishni amalga oshirish va tomchilatib sug‘orishga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Bu sa'y-harakatlar ekilgan nihollarni bexato amal olishi va yaxshi rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
“Qashqadaryoyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi Ⓣ
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi
Jamiyat | 09:07
-
Bloomberg: Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Xitoy bilan dronlar ustida ishlamoqda
Jahon | 08:58
-
Bokuda O‘zbekiston va Ozarboyjon siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 08:21
-
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi
Jahon | 08:07