JCh-2022 Yevropa saralashi pley-off bosqichiga qur'a tashlandi. Portugaliya, Italiya va Rossiyaning o‘tish o‘yinlaridagi raqiblari ma'lum

Sport 22:13 / 26.11.2021 14658

12 jamoa ishtirok etadigan ushbu bosqichda quyidagi raqiblar o‘zaro dastlabki o‘tish bahsida maydonga tushadi:

«A» yo‘li

  • Shotlandiya – Ukraina
  • Uels – Avstriya

«B» yo‘li 

  • Rossiya – Polsha
  • Shvetsiya – Chexiya

«C» yo‘li

  • Italiya – Shimoliy Makedoniya
  • Portugaliya – Turkiya.

«A» kvartetida Shotlandiya – Ukraina va Uels – Avstriya o‘yinlari g‘olibi o‘zaro bahsda maydonga tushib, Qatar-2022 yo‘llanmasiga ega chiqadi. 

Rossiya - Polsha bahsi g‘olibi hal qiluvchi uchrashuvda Shvetsiya – Chexiya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Valeriy Karpin jamoasi Polshani o‘z maydonida qabul qilib, mag‘lub eta olsa, Shvetsiya – Chexiya bahsi g‘olibiga qarshi hal qiluvchi o‘yinni ham Rossiyada o‘tkazadi.

Italiya – Shimoliy Makedoniya va Portugaliya – Turkiya juftliklaridan faqat bitta jamoa Qatardagi mundialga yo‘llanma oladi. Demakki, Portugaliya yoki Italiyadan birini Qatarda ko‘rmasligimiz aniq.

Ma'lumot uchun, dastlabki o‘tish o‘yinlari 2022 yilning 24 mart kuni, yo‘llanma masalasini hal qiluvchi o‘tish bahslari esa 29 mart sanasida o‘tkazilishi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: