Britaniyada bemorga dunyoda birinchi bo‘lib 3D-printerda bosilgan sun'iy ko‘z o‘rnatildi

Jahon 20:37 / 26.11.2021 5546

Daily Mail nashrining yozishicha, sun'iy ko‘z 20 yil avval chap ko‘zini yo‘qotgan va o‘shandan beri ko‘z protezidan foydalanib kelgan Stiv Verze ismli bemorga o‘rnatilgan. U har 5 yil protezni almashtirib turishiga to‘g‘ri kelgan.

Ta'kidlanishicha, yangi protez uzoqroq muddatga yaroqli bo‘lib, uning yaratilishi va o‘rnatilishi kamroq vaqt talab etadi.

Bemorning aytishicha, yangi “ko‘z” avvalgilariga nisbatan haqiqiy ko‘zga yaqinroq bo‘lib, unga o‘ziga ishonch qaytishida yordam beradi.

Jarrohlik amaliyoti Britaniya milliy sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan moliyalashtiriluvchi tadqiqot doirasida o‘tkazilgan.

Ta'kidlanishicha, hozirda ko‘zini yo‘qotgan britaniyaliklarning aksariyati ko‘z protezi o‘rnatish uchun jarrohlik amaliyotidan keyin 4-5 oy vaqt kutishlariga to‘g‘ri keladi. Yana 6 hafta protezni tayyorlash va o‘rnatish uchun ketadi.

Yangi metodika esa bu davrni 3 haftagacha qisqartirish imkonini beradi va protezning haqiqiy ko‘zga o‘xshashligini kafolatlaydi.

Ma'lum qilinishicha, ko‘z protezining 3D-printerda bosilishi 2,5 soat vaqt oladi.

Ko‘proq yangiliklar: