Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2023 yildan QQS 12 foizgacha, mobil aloqa xizmatlariga aksiz solig‘i 10 foizgacha pasaytiriladi
2022 yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldirilmoqda.

Foto: Fotolia
Moliya vazirligi axborot xizmati tomonidan 2022 yil uchun budjetnoma taqdim qilindi. Unda 2022 va keyingi yillar uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari keltirib o‘tilgan.
2022 yilda quyidagi asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi:
- qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi – 15 foiz;
- foyda solig‘i stavkasi – 15 foiz;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi – 12 foiz;
- aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi – 4 foiz;
- dividendlar ko‘rinishidagi daromadlardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi – 5 foiz;
- qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishda belgilangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 40 so‘m, shu jumladan soliq stavkasiga suv yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berilgan suv hajmi xarajatlarini qoplash uchun 1,05 koeffitsiyent qo‘llashni saqlab qolish;
- qishloq xo‘jaligi korxonalari yer solig‘i qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasi saqlab qolinadi.
Shu bilan birgalikda, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:
- qo‘shilgan qiymat solig‘i 15 foizdan 12 foizga;
- mobil aloqa xizmatlariga aksiz solig‘i stavkasi 15 foizdan 10 foizga;
- bank, mobil aloqa operatorlari va bozorlar va savdo komplekslari uchun belgilangan foyda solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga pasaytiriladi.
Bunda qat'iy miqdorda belgilangan aksiz, yer solig‘i, mol-mulk, suv solig‘i stavkalari inflatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda indeksatsiyasi qilinadi.
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX

11:39 / 05.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

10:56 / 18.03.2025