Qirg‘iziston Rossiya va Turkiyadan dronlar sotib oladi

Jahon 14:28 / 22.10.2021 6362

Qirg‘iziston hukumati yaqin vaqt ichida Rossiya va Turkiyadan uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar sotib olishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Toshiyev ma'lum qildi.

«Biz texnika sotib olishga mablag‘ ajratdik. Turkiyada biz uchun «Bayraktar» dronlari tayyorlanmoqda», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Turkiya texnikasi Qirg‘izistonga keltiriladi.

Toshiyevning qayd etishicha, Qirg‘iziston shuningdek, Rossiyaning «Orlan-10» dronlarini sotib oladi.

Payshanba kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov respublika bahorda eski va ishdan chiqqan qurollarni to‘liq yangilashini aytdi.

«Bu nizoga tayyorlanish emas, balki mamlakatimiz xavfsizligini saqlashga tayyorlanish», — dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: