«Mo‘ynoqqa madad» ekologik xayriya velomarafoni bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 14:09 / 22.05.2021 700

Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markazidan "Mo‘ynoqqa madad" xayriya ekovelomarafonining Farg‘ona  viloyat bosqichi start oldi.

Marg‘ilon shahridan yo‘lga chiqqan "Mo‘ynoqqa madad" xayriya ekovelomarafoni ishtirokchilari Marg‘ilon shahri, Oltiariq tumanining Fayziobod,  Poloson mahallalaridan,  Tinchlik shaharchasi  hamda Qo‘rg‘oncha mahallalari hududidan o‘tib, jami 43 kilometrlik masofani bosib,  finish chizig‘i bo‘lgan Rishton tumani markaziga kelishdi.  

Xalqaro kulolchilik markazi xayrli tashabbus maqsadida yo‘lga chiqqan ekovelomarafonchilarga Farg‘ona viloyati bosqichida finish vazifasini bajardi.

Ishtirokchilar Xalqaro hunarmandlar markazida kutib olindi.

Mazkur ekologik tadbirni o‘tkazilishidan asosiy maqsad Orolbo‘yi hududida yashayotgan aholining  turmush sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadida korxona va tashkilotlar, tadbirkorlar va  faol fuqarolarning ixtiyoriylik asosida xayriya va homiylik mablag‘larini jalb etishdan iborat.

Avvalroq, Farg‘onadan velosipedda Samarqandga otlangan otaxonlar 7 kun deganda Farg‘onaga qaytib kelishgani haqida xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: