Farg‘ona vodiysining geografik markazi qayerda?
Ulug‘nor – Andijon viloyatining eng chekka tumanlaridan. Hududining katta qismi bir paytlar cho‘l bo‘lgan. Tumanning Oqtom qishlog‘i chetida o‘tgan asrdan yodgor – zinapoyalar ustida monument bor.
Shu yerlik oqsoqollarning aytishicha, mana shu joy – Farg‘ona vodiysining geografik markazi ekan.
Biz bu so‘zlarga ishonib-ishonmay, mavzu yuzasidan Andijon davlat universiteti professori, geografiya fanlari nomzodi Mo‘minjon Mamajonov bilan suhbatlashdik.
«Farg‘ona vodiysi – Chotqol, Qurama, Farg‘ona, Oloy, Turkiston tog‘ tizmalari o‘rtasida joylashgan. Farg‘ona vodiysida Qirg‘izistonning O‘sh, Jalolobod, Batken viloyatlari; Tojikistonning Xo‘jand viloyati, O‘zbekistonning Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari ma'muriy jihatdan joylashgan.
Farg‘ona vodiysi 78 ming kv. km maydonni egallab, g‘arbdan sharqqa 475 km.ga, shimoldan janubga 265 km masofaga cho‘zilgan.
Ulug‘nor tumani «Oqtom» MFYda joylashgan monument 1973 yili O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi Sharof Rashidov hamda Andijon viloyati obkomi birinchi sekretari Bektosh Rahimovlar tashabbusi bilan, Farg‘ona markaziy cho‘llarini o‘zlashtirishga hissa qo‘shgan paxtakorlar, dehqonlar, ishchilar, xizmatchilarning ramzi sifatida o‘rnatilgan.
Xo‘sh, mana shu cho‘lning o‘rtasiga o‘rnatishdan asosiy maqsad nima edi? Chunki o‘sha davrda Sharof Rashidov va Bektoji Rahimov Farg‘ona vodiysining markazini topishgan. Farg‘ona vodiysining markazi deb aytilishining asosiy sababi – g‘arbdan sharqqa va shimoldan janubga qadar cho‘zilgan masofaning kesishgan nuqtasi, mana shu monument joylashgan yerni Farg‘ona vodiysining markazi deb hisoblashgan.
Monument o‘rnatishdan maqsad – uning tagiga gul qo‘yish, ziyorat qilish maskaniga aylantirish emas, aholiga Farg‘ona vodiysining markazi haqida ma'lumot berish xolos.
Biz turgan joyda ikkita suv kollektori oqib o‘tadi. Ularning biri Sariqjo‘ga, ikkinchisi esa Qorajo‘ga deb ataladi. Mana shu ikkala jo‘ga markaziy Farg‘ona cho‘llari yerosti suvlarining sathini pasaytirishga xizmat qiladi va o‘zlarining suvlarini Norin daryosiga quyadi», – deydi Mo‘minjon Mamajonov.
Elmurod Ermatov suhbatlashdi.
Tasvirchi – Jahongir Mahmudov.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«BAAda o‘limga hukm qilingan o‘zbekistonliklar jazosini yengillatish borasida harakatlar olib borilyapti» – TIV
Jamiyat | 15:50
-
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15
-
Maskning AQSh hukumatidagi ta’siri tobora kamayib bormoqda
Jahon | 14:42
-
“Hokimning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan” – YHXB Namangan shahar hokimiga javob qaytardi
O‘zbekiston | 14:29
Mavzuga oid

16:11 / 17.04.2025
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi

11:06 / 11.04.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida "Farg‘ona vodiysining oltin sayyohlik halqasi" yaratiladi

17:29 / 04.07.2023
O‘zbekistonga chegaradosh go‘zal maskan – Olabuqa manzaralari

17:43 / 01.06.2023