Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident maktabiga talabgor o‘quvchi qaysi fanlardan «a'lo» baho olgan bo‘lishi kerakligi aytildi

Foto: KUN.UZ
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova agentlik maktablari bo‘yicha yuborilgan savollarga javob berdi.
Prezident maktabida o‘qishni xohlagan o‘quvchining maktabda barcha fanlardan bahosi «a'lo» bo‘lishi kerakmi?
Prezident maktablariga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar 2020/2021 o‘quv yilini quyidagi sinflarda STEAM fanlar bo‘yicha a'lo bahoga tugatgan bo‘lishlari shart.
Bular:
- 4-sinf uchun – matematika, tabiatshunoslik;
- 5-sinf uchun – matematika, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari;
- 6-sinf uchun – matematika, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika;
- 7-sinf uchun – algebra, geometriya, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo;
- 8-sinf uchun – algebra, geometriya, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo;
- 9-sinf uchun – algebra, geometriya, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo fanlaridan yillik a'lo baho talab etiladi.
Bundan tashqari, talabgor o‘qiyotgan maktab prezident maktabi joylashgan hududga mansub bo‘lishi lozim.
Talabgor prezident maktabiga qabul qilingan taqdirda, uning ota-onasi (qonuniy vakillari) o‘quvchining prezident maktablarida 5 kun davomida internat shaklida ta'lim olishiga rozilik bildirishi talab etiladi.
Prezident maktablarida STEAM (Science-fan) matematika, fizika, kimyo, biologiya va kompyuter ta'limi ingliz tilida olib boriladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

15:25 / 04.06.2021
Qaysi hollarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabul qilinmasligi ma'lum bo‘ldi

17:31 / 21.05.2021
Yangi O‘zbekiston universiteti tashkil qilinadi – Behzod Musayev

09:12 / 12.05.2021
Prezident maktablariga kirish imtihonlari bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi

18:31 / 11.05.2021