O‘zbekistonda diniy yo‘nalishda faoliyat olib boradigan sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar soni ma'lum qilindi

O‘zbekiston 13:58 / 21.04.2021 4900

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov diniy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra 2017-2021 yillar mobaynida respublikada 49 ta yangi jome' masjid ochildi. Shundan, 9 tasi 2021 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirgi kunda masjidlarning umumiy soni 2088 tani tashkil etadi. Ulardan 2016 tasi jome', 72 tasi esa mahalliy masjid hisoblanadi.

Umuman olganda ushbu davrda 69 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tgan. Jumladan, 49 ta yangi masjidlar va 3 ta madrasa tashkil etildi hamda boshqa konfessiyalarga mansub 17 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazildi va ularning umumiy soni 191 taga yetdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va tizimdagi tashkilotlar va diniy soha xodimlarining 58 ta veb-sayti, 166 ta «Telegram» kanali, 200 ta «Feysbuk» sahifasi hamda «Youtube» videoxostingida 21 ta kanali faoliyat olib bormoqda. Tahlillarga ko‘ra umumiy internet foydalanuvchilari qamrovi 5 mlndan ortadi.

Ko‘proq yangiliklar: