Surxondaryoda cho‘ponlar chorva mollarini boqish uchun yer talashib, bir-birini kaltakladi

O‘zbekiston 17:46 / 19.04.2021 9246

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida cho‘ponlar chorva mollarini boqish uchun yer talashib janjallashgan va bir-biriga tan jarohatlari yetkazgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 14 aprel kuni soat 10:30larda Boysun tumanidagi Sho‘rsoy mahallasida yashovchi O‘.J. tumanning Mehrobod mahallasida yashovchi cho‘pon A.Q. ni chorva mollarini boqishi uchun tumanning Inkobod mahallasida joylashgan akasi X.J.ga tegishli bo‘lgan «ASLAN EKSKLYUZIV BOG’LARI» MChJga qarashli bo‘lgan yer maydoniga olib borgan.

O‘sha kuni X.J.ga tegishli bo‘lgan yer maydonida, tumanning Hunarmandlar mahallasida yashovchi M.A. hamda M.A. chorva mollarini boqayotgan bo‘lgan. O‘.J. ularga ushbu yer akasiga tegishli ekanligini aytib, chorva mollarini olib chiqib ketishni talab qilganida, M.A. ushbu joydan chiqib ketmasligini aytib, o‘rtada janjal kelib chiqqan. Janjalda har ikkala tomon bir-birlariga tayoqlar bilan urib tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, fuqaro O‘.J., A.Q., M.A. va M.A. shifoxonaga murojaat qilgan. Ularga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan va ekspertizadan o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan hozigi kunda Boysun tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: