Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalarida COVID-19 aniqlandi. OTM karantinga yopildi

Jamiyat 17:58 / 19.04.2021 559

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangan. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangan. Shu sababli mazkur institutda 2021 yilning 20 aprel sanasidan boshlab 14 kunga o‘quv jarayoni masofaviy shaklga o‘tkazilgan.

Ma'lumot uchun, Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, kecha, 18 aprel kuni Samarqand viloyatida 18 kishi koronavirus yuqtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: