Nigeriyadagi maktabdan 300dan ortiq o‘quvchi qizlar o‘g‘irlab ketildi

Jahon 22:03 / 26.02.2021 9125

CNN shaxsini sir tutishni so‘ragan nigeriyalik amaldorlardan biriga asoslanib xabar berishicha, 26 fevralga o‘tar kechasi tungi soat 1:45da jinoyatchilar 20ta mototsiklda Jangebe shahrida joylashgan davlat maktabiga kelishgan. Ular yotoqxonaga bostirib kirishgan va maktab hududida uch soat vaqt davomida bo‘lishgan, shundan keyin qizlarni o‘rmonga olib ketishgan. Hujum vaqtida bir politsiyachi halok bo‘lgan.

Mahalliy aholi vakillaridan biri Muso Mustafo AP muxbiriga maktabdan bir necha daqiqalik masofada joylashgan nazorat-o‘tkazuv punktiga va harbiy lagerga ham hujum uyushtirilganini ma'lum qilgan. Jinoyachilar bu orqali harbiylar maktabga yetib kela olmasligini ta'minlashgan.

Maktab-internatda jami 500ga yaqin qiz yashagan. CNN manbasi so‘zlariga ko‘ra, ularning ayrimlari hujum vaqtida qochib qolishga muvaffaq bo‘lishgan.

AP ma'lumotiga ko‘ra, Zamfara shtatida bir necha qurolli guruhlar harakatlanadi, ular pul evaziga qaytarib berish uchun yoki qamoqxonalardagi safdoshlari bilan almashtirish uchun odamlarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanishadi.

  • So‘nggi yillarda Nigeriyada ko‘p marta odam o‘g‘irlash holatlari kuzatilgan. 2014 yil aprelida «Boko Haram» jangarilari Borno shtatidagi o‘rta maktabdan 276 qizni o‘g‘irlagan. Shu vaqtgacha 100dan ortiq qizning taqdiri noma'lum qolmoqda. 2014 yil dekabrida Katsindagi maktabdan 344 o‘quvchi o‘g‘irlab ketilgan, keyinchalik ularning barchasi qo‘yib yuborilgan.
Ko‘proq yangiliklar: