Germaniya fuqarosi Rossiya razvedkasi uchun ishlaganlikda ayblanmoqda

Jahon 15:32 / 25.02.2021 5335

Germaniya bosh prokuraturasi mamlakat fuqarosini Rossiya razvedkasi bilan hamkorlikda ishlaganlikda aybladi. Ayblov bosh prokuratura saytida e'lon qilindi.

Ma'lum qilinishicha, u yer o‘lchaydigan qurilmalarni nazorat qilish va ta'mirlashga ixtisoslashgan kompaniyada ishlagan. Buyurtmalardan birida bundestag foydalanadigan hududda o‘rnatilgan qurilmalar bilan ishlash ko‘zda tutilgan. Ushbu shaxs mazkur hudud chizmalari aks etgan PDF-fayllarni qo‘lga kiritgan.

Ta'kidlanishicha, ayblanuvchi 2017 yil iyuldan sentyabrgacha bo‘lgan davrda bundestagga tegishli mulk to‘g‘risidagi ma'lumotni Rossiya maxsus xizmatlariga berishga qaror qilgan. U chizmalardan nusxa olgan va Rossiyaning Berlindagi elchixonasi xodimiga bergan.

22 fevral kuni Shvetsiya fuqarosi Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblangandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 47 yoshli erkak Rossiya elchixonasi xodimiga qandaydir ma'lumotlarni bergan va buning evaziga uch ming dollarga yaqin pul olgan.

Ko‘proq yangiliklar: