Yevropa portlarida 23 tonna kokain musodara qilindi

Jahon 22:08 / 24.02.2021 4295

Yevropa Ittifoqining uchta mamlakatidan huquqni muhofaza qilish idoralari giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga qarshi qo‘shma operatsiya o‘tkazib, 23 tonnadan ortiq miqdordagi kokain partiyasini musodara qilgan. Bu Yevropa uchun yangi rekorddir, dedi Niderlandiya politsiyasi 24 fevral kuni. 

“Hech qachon bir vaqtning o‘zida bunchalik ko‘p kokain qo‘lga tushirilmagan edi. Qo‘lga olish va davom etayotgan tergov Niderlandiya, Germaniya va Belgiyaning politsiya, bojxona va prokuratura xodimlari o‘rtasida yaqin va intensiv hamkorlikda amalga oshirildi”, deb ma'lumot berilgan xabarda.

Giyohvand moddalar Antverpen va Gamburg portlarida musodara qilindi, u yerda Panama (o‘tin ortilgan konteynerlarda) va Paragvaydan (devor to‘ldirish uchun qurilish xomashyolari bo‘lgan konteynerda) konteyner kemalari kelgan. Niderlandiyaning huquqni muhofaza qilish organlari 7,2 tonna, Germaniyada esa 16 tonnadan ko‘proq kokain topilgan.

Giyohvand moddalar tashuvchi 28 yoshli Gollandiya fuqarosi bo‘lgan. U 24 fevral ertalab hibsga olingan.

Germaniyada bu haqda “bunday katta miqdordagi kokain ko‘cha-ko‘yda sotilganda bir necha milliard yevro daromad keltirgan bo‘lar edi”, deb aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Belgiya politsiyasi Antverpen portida qiymati 900 million yevrodan ziyod bo‘lgan 11,5 tonna kokainni musodara qilgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: