Gana COVAX dasturi bo‘yicha vaksina yetkazib berilgan ilk mamlakat bo‘ldi

Jahon 15:51 / 24.02.2021 2836

Gana COVAX dasturi bo‘yicha vaksina olgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi.

Gana birinchi bosqichda 600 ming doza AstraZeneca vaksinasini oladi.

"Biz Gana COVAX mexanizmi doirasida dunyoda birinch bo‘lib koronavirusga qarshi vaksina olganidan xursandmiz", - deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISEF bayonotida.

JSSTning ma'lumot berishicha, pandemiya boshlanganidan buyon Ganada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 80,7 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 850dan ortiq kishi vafot etgan.

COVAX’ning vazifasi 2021 yil oxirigacha JSST tomonidan tasdiqlangan 2 milliard doza xavfsiz va samarali vaksinani taqsimlashdan iborat. Bunday vaksinalar barcha qatnashchi davlatlar o‘rtasida ularning aholi soniga mutanosib holda teng taqsimlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: