Germaniyada koronavirus mutatsiyalari tarqalmoqda

Jahon 01:50 / 23.02.2021 5653

Germaniyada koronavirus mutatsiyasini yuqtirganlar soni keskin oshdi. Bu haqda Germaniya Vazirlar Mahkamasining rasmiy vakili Steffen Seibert aytib o‘tgan, deb xabar berdi RIA Novosti axborot agentligi.

“Raqamlar o‘sib bormoqda, yanada xavfli va yanada yuqumliroq mutatsiyalar ko‘payib bormoqda, V117 yangi aniqlangan holatlarning (yuqumli kasalliklarning) 20-25 foizini tashkil qilmoqda”, dedi Seibert.

Unga ko‘ra, bu holat yanada ko‘payishi mumkin.

Germaniyada 2,3 mln kishi koronavirus bilan kasallangan, 2,2 mln kishi sog‘aygan va 68 ming kishi vafot etgan.

Avvalroq Germaniyada ikkita uy mushuklari COVID-19 yuqtirgani ma'lum qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: