Sahrodan chiqqan "Changli tuman" Ispaniyaning sharqiy qismiga yetib bordi

Jahon 22:41 / 21.02.2021 7079

Shuningdek, chang va qum bo‘ronini Mursiya, Valensiya va Balearlar ko‘proq his qilishlarini ta'kidladilar.

Bundan tashqari, Murcia hukumati, mahalliy Onda Regional radiosining xabar berishicha, havoning ifloslanishi oshgani sababli protokollarni faollashtirgan. Ularning ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ushbu daraja kechki yomg‘irga qaramay, 22 fevralga qadar pasaymaydi. Aholiga uzoq vaqt ochiq havoda qolmaslik va ochiq sport turlaridan qochish tavsiya etiladi. 

Mamlakat meteorologlari tabiiy hodisaning Aragon va Kastiliya-la-Manchaga yetib borishini ham istisno etmaydilar.

Bungacha Afrikaning “changli tumani” Kanar orollariga parvozlarning bekor qilinishiga sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: