Kanada va Avstraliya Facebook'ga nisbatan bosimni kuchaytirmoqda

Jahon 14:33 / 19.02.2021 1894

Facebook kompaniyasiga nisbatan Avstraliya hukumati tomonidan bosim kuchaymoqda. Kanada ham ijtimoiy tarmoqqa qarshi xuddi Avstraliya kabi chora ko‘rishini bildirdi. Kanada madaniyat vaziri Stiven Gilbo Facebook’ni tanqid qildi va kompaniya uning mamlakatini tiz cho‘ktira olmasligini ta'kidladi.

Nizo Facebook avstraliyalik foydalanuvchilarni mahalliy va xalqaro yangiliklarni ko‘rish imkoniyatidan mahrum qilganidan so‘ng kuchaydi. Ijtimoiy tarmoq Facebook, Google va boshqa internet gigantlar reklamadan tushgan daromadni OAV bilan bo‘lishishi kerakligini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi Avstraliya parlamentiga taqdim etilganidan so‘ng ana shunday yo‘l tutgandi. Vakillar palatasi loyihani ma'qulladi, kelayotgan haftada senat ham ma'qullashi kerak.

Stiven Gilbo Kanadada ham ana shunday qonun qabul qilishni rejalashtirgan.

"Kanada bu kurashda safning boshida turadi", - dedi u.

Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Facebook kiritgan cheklovlarni mamlakatga nisbatan tahdid deb atadi.

"Bu Avstraliya, agar bu yerda biznes yuritishni istasangiz, bizning qoidalar asosida ishlaysiz. Facebook kecha amalga oshirgan ish o‘ziga xos tahdid va bu ular tomonidan qo‘yilgan yaxshi qadam emas", - dedi Morrison.

Ko‘proq yangiliklar: