Turkiyada 200tadan ko‘proq mehmonxona sotuvga qo‘yildi 

Jahon 18:48 / 17.02.2021 5096

Turkiyaning eng ommaviy savdo sayti Sahibinden.co ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi vaqtda Antaliyada 234ta mehmonxona sotuvga qo‘yilgan.

Sotuvga qo‘yilgan mehmonxonalardan eng qimmatining narxi 585 mln turk lirasini (85 mln dollar atrofida) tashkil qiladi. Qonakli tumanida joylashgan 5 yulduzli mehmonxona 330ta xonaga ega bo‘lib, unda bir vaqtda mingga yaqin kishi joylashtirilishi mumkin.  

Eng arzon obekt 5,2 mln turk lirasiga (750 ming dollar) baholangan.

Alanyaning turistik operatorlari uyushmasi vitse-prezidenti Mehmet Dohoo‘g‘luning aytishicha, avval ham mehmonxonalar sotilgan, biroq bunday ko‘p sonda emas.

“O‘rta yer dengizi hududidagi ko‘plab sayyohlik obektlarining sotilishiga asosiy sabab pandemiya yuzaga keltirgan iqtisodiy inqiroz hisoblanadi. Yo‘qsa kim daromad keltiradigan, bandlikni ta'minlaydigan biznesini sotgan bo‘lardi?”, deb aytgan Dohoo‘g‘lu.

Turk mehmonxonalari pandemiya sababli sayyohlar oqimi 80 foizga kamayib ketgandan keyin qiyinchilik seza boshlagan. Turkiya otelerlari federatsiyasining baholashicha, 2021 yilda Turkiyaga 25-30 mln xorijlik sayyoh kelishi mumkin. Vaholanki, 2019 yilda sayyohlar soni 50 mlnga yaqinni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: