Yaponiyada yolg‘iz odamlar hisoblab chiqiladi

Jahon 23:12 / 16.02.2021 4480

The Sankei News nashrining xabar berishicha, Yaponiyaning yolg‘izlik va yakkalanish masalalari bo‘yicha vaziri Tetsusi Sakamoto Demokratik partiya vakili Yuichiro Tamaki bilan uchrashib, ushbu masalani muhokama qilgan.

Sakamoto yolg‘izlik masalalari bo‘yicha maxsus bo‘lim tashkil etilishi haqida 16 fevralda ma'lum qildi. Bo‘lim joriy hafta oxirigacha tashkil etiladi. Uning tarkibiga sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta'minot hamda ta'lim, sport, fan va texnologiyalar vazirliklarining 10 xodimi kiradi.  

Ular mamlakatda o‘z joniga qasd qilish holatlari sonining oshishi va koronavirus pandemiyasi ortida yanada chuqurlashayotgan bolalar o‘rtasidagi nochorlik masalalarini hal qilish bilan shug‘ullanishadi.

Kyodo axborot agentligining xabar berishicha, Yaponiyada 2020 yilda 11 yil ichida birinchi marta o‘z joniga qasd qilishlar soni oshdi.  

12 fevralda Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga mamlakatda yolg‘izlik va yakkalanish masalalari bo‘yicha vazirlik paydo bo‘lishini e'lon qildi. Ushbu vazirlikka hududlar faoliyatini tiklash masalalari bo‘yicha vazir Tetsusi Sakamoto rahbar etib tayinlandi. U bir vaqtning o‘zida ikki vazirlikni boshqaradi.

Ko‘proq yangiliklar: