Noma'lum xaridor Osiyodagi eng qimmat xonadonni sotib oldi

Jahon 22:21 / 16.02.2021 14907

Xitoyning CK Asset Holdings kompaniyasi Hongkongda Osiyodagi eng qimmat xonadonni sotdi. Xonadonning yangi egasi nomi ma'lum qilinmayapti, deb yozadi Bloomberg.

Xaridor maydoni 314 kvadrat metrli yashash joyi uchun 59 million dollar to‘lagan. Besh xonadan iborat xonadon Mid-levels rayonida joylashgan. 

Ekspertlarning fikricha, bu hashamatli ko‘chmas mulklar bozori tiklanayotganidan darak beradi. Bunga qadar to‘rt yil avval sotilgan Mount Nicholson majmuasidagi apartament Osiyodagi eng qimmat xonadon deb e'tirof etilgandi.

Hongkong ko‘chmas mulk narxi bo‘yicha turli reytinglarda muntazam ravishda birinchi o‘rinni egallab keladi. Demographia tashkilotining ma'lumot berishicha, u 2020 yilda dunyodagi eng qimmat xonadonlar antireytingida 11 marta yetakchi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: