Italiyada mafiya bilan aloqador 45 kishi qo‘lga olindi

Jahon 23:10 / 16.02.2021 4423

Italiyada huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkazilgan ikkita maxsus amaliyot  davomida Ndrangeta mafiyasining 45 nafar a'zosi qo‘lga olindi, deb xabar berdi ANSA.

Xabarda aytilishicha, birinchi operatsiya chog‘ida 28, keyingi operatsiyada yana 17 kishi qo‘lga olingan.

Qo‘lga olinganlar tovlamachilik, tamagirlik, pul yuvishda gumonlanmoqda.

Ulardan olti million yevro musodara qilingan.

Mafiya guruhiga qarshi surishtiruv ishlari uch yil avval boshlangandi.

Avvalroq Italiya politsiyasi Ndrangeta guruhiga qarshi o‘tkazgan maxsus amaliyot davomida mamlakatning 7 shahrida 49 kishini qo‘lga olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: