Mart oyidan 20ta aviakompaniya kovid-pasport tizimini joriy etadi

Jahon 18:50 / 13.02.2021 3147

Mart oyidan dunyodagi 20ta aviakompaniya kovid-pasport (Travel Pass) tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Tengritravel.kz.

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) tomonidan ilgari surilgan Travel Pass ilovasidan foydalanishni tasdiqlaganlar orasida Emirates, Etihad, British Airways, American Airlines, Singapore Airlines, Lufthansa va boshqa yirik aviakompaniyalar bor.

IATA mazkur ilova chegaralarning xavfsiz ravishda ochilishiga yordam berishiga ishonmoqda va yana 30-40ta aviakompaniya bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Biz xavfsiz xalqaro aviaparvozlarni tiklamoqchimiz. Boshqa mamlakatlar hukumatlariga sayohat qilish xavfsiz ekanligini ko‘rsatamiz", - dedi assotsiatsiya xavfsizlik bo‘limi rahbari Alan Hayden.

IATA aviakompaniyalarga o‘z ilovalariga Travel Pass ilovasini qo‘shishni taklif qilmoqda. Mazkur ilova yo‘lovchilarga safar oldidan qanday testlar, vaksinalar va boshqa choralar kerak bo‘lishi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Foydalanuvchilar salomatligi to‘g‘risidagi hujjatlarni ilovaga kiritishlari hamda aviakompaniya va immigratsiya xizmatlariga taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

Kovid-pasport joriy etishni 2020 yil avgustda Hongkong ijroiya kengashi a'zosi Bernard Chan taklif etgandi. IATA kovid-pasportni karantin o‘rniga eng yaxshi chora deb hisoblamoqda. Ammo Yevroittifoq bu masalada hozircha bir to‘xtamga kelmadi.

Ko‘proq yangiliklar: