Hindistondagi zavodda yuz bergan portlash oqibatida 10dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Jahon 21:56 / 12.02.2021 4772

Hindistonning Virudunagar shahridagi mushaklar ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda Times of India nashri xabar bermoqda.

Nashrning ma'lumot berishicha, portlash kimyoviy moddalarni aralashtirish chog‘ida sodir bo‘lgan.

Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Voqea joyida 10ta o‘t o‘chirish brigadasi ishlayotganligi aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: