Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muomaladagi eng ko‘p plastik kartalar qaysi bankka tegishli?
2021 yilning 1 yanvar holatida muomaladagi bank plastik kartalari va o‘rnatilgan to‘lov terminallari soniga ko‘ra, «Xalq banki» yetakchi. O‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni bo‘yicha «Kapitalbank» oldingi o‘rinni egallagan.

Foto: Fotolia
Markaziy bank O‘zbekistonda muomaladagi bank plastik kartalari, o‘rnatilgan to‘lov terminallari, bankomat va infokiosklar soni haqida ma'lumot berdi.
Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatida muomaladagi eng ko‘p bank plastik kartalari «Xalq banki» (6 million 48 ming 236ta) tomonidan mijozlarga berilgan. Keyingi o‘rinlarni «Agrobank» (3 million 93 ming 93ta) va «Milliy bank» (2 million 784 ming 409ta) egallagan. Mos ravishda eng kam plastik karta foydalanuvchilariga ega bo‘lgan banklar «Anor bank» (334) va «Soderot bank» (962) hisoblanadi.
O‘rnatilgan to‘lov terminallari bo‘yicha, «Xalq banki» (56 ming 947ta) «Agrobank» (46 ming 134ta) va «Ipoteka-bank» (43 ming 715ta) oldingi o‘rinlarni egallagan.
O‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni bo‘yicha «Kapitalbank» (3 ming 104ta), «Agrobank» (1 ming 865ta) va «Xalq banki» (1 ming 89ta) yetakchiligi ma'lum qilindi.
Ma'lumot uchun, 2021 yilning 1 yanvar holatida muomalaga 32ta bank tomonidan umumiy 25 million 775 ming 662ta bank plastik kartasi, 438 ming 410ta to‘lov terminali va 11 ming 800 ta bankomat va infokiosklar foydalanishga topshirilgan.
Avvalroq Markaziy bank tomonidan bankomat va terminallarda bank kartalarini qo‘llashda xavfsizlik choralarini ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51
-
“Yoshartiruvchi muolaja” - vaqtinchalik taskin: teri salomatligi aslida nimaga bog‘liq?
Jamiyat | 22:33
-
Aholi tashabbuslari uchun maydon, ekologik inspektorlarning kaltaklanishi, YPX xodimining qahramonligi, Toshkentdagi UzFace tizimi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:26
Mavzuga oid

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

16:01 / 07.01.2025
Bir shaxs nomiga rasmiylashtiriladigan plastik kartalar soni cheklanadi

18:42 / 11.03.2023
5 daqiqada foizsiz 50 mln kredit yoxud firibgarlarning navbatdagi nayrangi

15:35 / 06.03.2023