Shifokor lazer epilyatsiyasi haqidagi «afsonalar» asossiz ekanini isbotladi

Jamiyat 16:47 / 23.10.2020 2765

Innovatsion texnik ishlanmalar, ayollar go‘zalligini saqlashda yordam beruvchi zamonaviy uskunalar paydo bo‘lishi kosmetologiyaning tezkor rivojlanishiga sabab bo‘ldi.

Kosmetologik mahsulot va ishlanmalar tezda ommabop trendga aylanayotganiga e'tibor beryapsizmi? Yangi avlod uskunalari kosmetologik muolajalarni umuman xavfsiz va samarali ko‘rinishga olib kelayotgani borasida esa shubha qolmadi.

Shifokor Shahnoza Yo‘ldosheva lazer epilyatsiyasini kuz-qish mavsumi muolajalaridan biri deb hisoblaydi. Nima uchun aynan bu mavsumda? Chunki mazkur muolajani aynan quyosh nurlari faol bo‘lmagan vaqtda o‘tkazish lozim.

Lazerli muolajalar tibbiyot va kosmetologiyaning ko‘plab sohalarida faol qo‘llanib kelinyapti. Lazerning teriga mutlaqo zararsiz ekani mutaxassislar tomonidan XX asrdayoq isbotlangan. Biroq internet tarmoqlari va odamlar orasida ushbu muolaja borasida isboti mavjud bo‘lmagan «afsonalar» ӽali-hanuz mavjud. Shifokor Shahnoza Yo‘ldosheva lazer epilyatsiyasi borasida keng tarqalgan fikrlar asossiz ekanini aytib, uning afzalliklari haqida hikoya qiladi.

Birinchi afsona: Lazer epilyatsiyasi – og‘riqli muolaja

Tuklarni «mum» (vosk) bilan olib tashlash yanada og‘riqliroq.

Shifokor Yo‘ldosheva Aleksandrit lazer uskunasidan foydalanadi. Unda terini muzlatadigan uskuna joylashtirilgan bo‘lib, u muolaja jarayonidagi og‘riqli hislarni minimallashtiradi.

Ikkinchi afsona: Lazer epilyatsiyasi onkologik kasalliklarga olib keladi

Onkologik kasalliklarga sabab bo‘ladigan nurlar bu – ultrabinafsha nurlaridir. Yodda tuting, lazer epilyatsiyasi apparatida ular yo‘q.

Shifokor Yo‘ldosheva qo‘llayotgan lazer apparati barcha muӽim tekshiruvlardan, sertifikatlash jarayonidan o‘tgan. Bundan tashqari, lazer texnologiyalari bugungi kunda eng ko‘p tadqiq etilgan texnologiyalardan biridir.

Uchinchi afsona: Lazer epilyatsiyasidan keyin kuygan izlar va chandiqlar qolishi mumkin

Lazer moslamasining ishlashi bemor xavfsizligini ta'minlaydigan maxsus sensor yordamida boshqariladi. Shifokorning ӽar bir harakati kompyuter yordamida nazorat qilinadi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf asossiz. Mutlaqo xotirjam bo‘lish va ishonch hosil qilish uchun esa mutaxassisning diplomini tekshirish lozim.

To‘rtinchi afsona: Tuklar o‘sishi butunlay to‘xtamaydi

Oralig‘i 1-2 oy bo‘lgan bir necha kurs muolajalardan so‘ng odatda tuklarning 15-20 foizi qolishi mumkin.

Bu tuklar odatda mayin, ko‘rinmas tuklar. Yuz foizlik natija uchun esa muolajani yilda bir marta, tuklar mutlaqo yo‘qolib ketguncha takrorlash kifoya.

Beshinchi afsona: Mum va «shugaring» yordamidagi depilyatsiya muolajasi lazer epilyatsiyasiga qaraganda arzonroq

Shahnoza Yo‘ldosheva

Depilyatsiyani bir yilda necha marta amalga oshirasiz? Tuklar ildizini yo‘qotmaydigan muolajalarni har yili bir necha marta takrorlaysiz. Lazer epilyatsiyasi seansini esa kurs yakunlangach, bir yilda bir marta o‘tish kifoya.

Sizda lazer apparatining ishlash jarayoni, muolaja natijasi borasida ko‘plab savollar paydo bo‘lishi mumkin. Bu muhim.

Biroq epilyatsiyani amalga oshiruvchi mutaxassis shifokor mahorati va tajribasi undanda muhimroq ekanini unutmang.

Ko‘proq yangiliklar: