Garovdagi ko‘chmas mulk xatlangandan so‘ng qarzdor 395 mln so‘m qarzini to‘ladi

Jamiyat 16:15 / 28.09.2020 5801

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayhontoxur tumanlararo sudining 19.12.2018 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Sh.A.dan  undiruvchi ATB "Asaka bank" Shayhontoxur filali foydasiga 395 mln 464 ming 847 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituvida mavjud. 

Qarzdor MIB Olmazor tuman bo‘limi tomonidan qonun talablari asosida berilgan ixtiyoriy muddatda kredit qarzini to‘lamagan. MIB tuman bo‘limi tomonidan  olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan garovdagi ko‘chmas mulk xatlangan. Qarzdorga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk sotuvga chiqarish choralari ko‘rilayotgan vaqtida qarzdor Sh.A.dan undiruvchi ATB Asaka bank foydasiga 395.464.847 so‘m naqd pul ko‘rinishida undirildi.

Ko‘proq yangiliklar: