Tog‘ turizmini rivojlantirish uchun 500 mln dollargacha investitsiya jalb qilinadi

O‘zbekiston 08:02 / 26.09.2020 2323

U Fransiyaning Xususiy sektorga ko‘mak va tadqiqot fondi (FASEP) yordami bilan «Geode», «Manie Lives», «Egis», «Patriarche», «Epode» fransuz kompaniyalarining konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan. Master-rejada 500 mln dollargacha bo‘lgan investitsiyalarni, shu jumladan, Fransiya Hukumati moliya institutlarining mablag‘larini jalb qilish nazarda tutilgan. Ular turizm, yo‘l-transport va kommunal infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
 
Norma’ning yozishicha, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Konsorsium bilan maslahat xizmatlari bitimini tuzdi. Unda XUKni tashkil qilish doirasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • loyihalarni texnik nazorat qilish;
  • osma dor yo‘llari, chang‘i trassalari, attraksionlarni batafsil rejalashtirish va joylashtirish;
  • yer uchastkalarini lotlarga bo‘lish, shu jumladan, tender hujjatlarini va turizm infratuzilmasi obektlarini – mehmonxonalar, restoranlar, savdo shoxobchalari va boshqa obektlarni qurish uchun maxsus rejim qoidalarini tayyorlash.

Master-reja 2017 yilda tashkil qilingan «Chorvoq» erkin turistik zonasining bosh rejasi bilan integratsiya qilinadi. XUK hududida investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan investorlarga «Chorvoq» ETZ ishtirokchilari maqomi va tegishli imtiyozlar beriladi.
 
XUKni qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi («Chorvoq» ETZ ishtirokchisi maqomiga ega bo‘lgan DUK) tashkil etiladi. XUKni qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish bo‘yicha Boshqaruv kengashi umumiy muvofiqlashtiruvchi rolini bajaradi.
 
Moliyalashtirish manbalari belgilangan:

  • XUKni qurish va qurilish ishlari bilan bog‘liq xizmatlar uchun uskunalarni (osma dor yo‘llari, tog‘-chang‘i uskunalari, attraksionlar, texnikalar, transport vositalari) sotib olish – O‘zbekiston TIF Milliy banki kreditlari (15 foiz) va Fransiya G‘aznachiligining zayomlari (85 foiz);
  • Konsorsium bilan tuzilgan maslahat xizmatlari bitimini moliyalashtirish – Davlat budjeti mablag‘lari, keyinchalik loyiha ofisi faoliyatidan tushgan daromadlar hisobiga qaytariladi (15 foiz) va Fransiya G‘aznachiligining zayomlari (85 foiz).

Bunda joriy bosqichda:

a) Fransiya G‘aznachiligi XUK qurilishi bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekistonga zayom – 47,9 mln yevro ajratadi. Loyihaning TIA ekspertizadan o‘tkazilganidan va ma'qullanganidan keyin qarz bitimi imzolanadi;

b) O‘zbekiston TIF Milliy banki XUKning yo‘l-transport, kommunal va turizm infratuzilmalarini qurish uchun loyiha ofisiga kredit – 2 yillik imtiyozli davr, yillik 3 foiz LIBOR+ 6 oyga teng bo‘lgan foiz stavkasi bilan 7 yil muddatga 20 mln dollar beradi. Infratuzilmani qurish xarajatlari loyihaning TIA asosida moliyalashtiriladi;

v) Fransiya G‘aznachiligining qarz mablag‘lari, shuningdek O‘zbekiston TIF Milliy bankining krediti bo‘yicha asosiy qarzlar, foizlar, vositachilik haqi va zayomga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi. Kelgusida loyiha ofisi mablag‘larni budjetga qaytaradi.
 
XUK hududida joylashgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar Boshqaruv kengashining qarorlari bilan «E-IJRO AUKSION» orqali bosqichma-bosqich sotiladi. Istisno tariqasida, ularni sotishdan tushgan mablag‘lar quyidagilarga yo‘naltiriladi: 90 foizi – loyiha ofisi hisobiga, 10 foizi – Tog‘li va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga.
 
Hujjat 18.09.2020 yildan kuchga kirgan.

Ko‘proq yangiliklar: