Madaniyat vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyurdi 

O‘zbekiston 17:09 / 26.09.2020 12408

Qayd etilishicha, taniqli davlat va san'at arboblaridan tashkil topgan delegatsiya safidan O‘zbekiston badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur,  O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin O‘rinboyev,  Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri direktori Mirza Azizov, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuhrat To‘xtasimov, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, muzey direktorlari joy olgan.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san'at sohasidagi do‘stona aloqalar va hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashishdan iborat. 

Tojikistonga do‘stona safar So‘g‘d viloyatining tarixiy muzeyiga tashrifdan boshlandi. O‘tmishi-yu tarixiy ildizlari bir bo‘lgan tojik birodarlar qadim tarixidan so‘zlovchi ma'lumotlar, eksponatlar barchada katta qiziqish uyg‘otdi, deyiladi vazirlik ma'lumotida. 

 

Ko‘proq yangiliklar: