Shveytsariya Maktab.uz platformasi uchun grant ajratdi

O‘zbekiston 11:18 / 12.08.2020 1641

Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markaziga 150 ming AQSh dollari miqdorida grant ajratdi

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi xabariga ko‘ra, bu bilan Shveytsariya Innovatsiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan «Maktab ta'limi uchun masofaviy o‘qitishni yo‘lga qo‘yish» loyihasiga hissa qo‘shayotgan mahalliy va xalqaro hamkorlar qatoriga qo‘shildi. Tegishli shartnoma 7 avgust kuni imzolandi.

Loyiha doirasida Maktab.uz onlayn ta'lim platformasi yaratiladi va tegishli darslar bilan to‘ldiriladi, shuningdek o‘qituvchilarni psixologik, kasbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda zarur hollarda kompyuter texnikasi bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan. 

Qayd etilishicha, loyihani amalga oshirish 2020 yil avgustidan boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: