Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston SSV barcha klinik sinovlardan o‘tmagan koronavirusga qarshi vaksina sotib olinmasligini ma'lum qildi, To‘qayev esa Putinga tabrik yo‘lladi
Qozog‘iston klinik sinovlarning barcha bosqichlari yakunlanmaguncha COVID-19’ga qarshi vaksinani sotib olmaydi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

Foto: nationalherald
«Bizning mutaxassislarimizning ta'kidlashicha, eng yaxshi laboratoriyalar vaksina ishlab chiqishning faqat uchinchi bosqichidadir. Hali to‘rtinchi bosqich ham bor, ammo hozircha hech kim undan o‘tmadi. Faqat shu bosqichdan keyin xalqaro sertifikat berish amalga oshadi, bu qaysi mamlakat va qaysi laboratoriya bo‘lishi esa noma'lum. Hamma kutmoqda», - deya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotini keltirgan Tengrinews.
Shu bilan birga, mamlakat prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi dunyodagi birinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
«Ushbu hodisa Rossiya fanining yuksak salohiyati va nufuzini, shuningdek, ushbu global tahdidga qarshi kurashda Rossiyaning yetakchi rolini tasdiqlaydi. Sizga ushbu og‘ir davrda Qozog‘istonni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlayotganingiz, shu qatorda mamlakatimizdagi sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilashga salmoqli hissa qo‘shgan insonparvarlik yordami va shifokorlarni yo‘naltirganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz», - dedi Qozog‘iston prezidenti.
Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida ushbu sohadagi samarali hamkorlikni yuqori baholadi.
«Avgust oyining ikkinchi yarmida hukumat delegatsiyasi Rossiya vaksinasini sotib olish masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga boradi», - dedi davlat rahbari.
Kecha Putin Rossiyaning COVID-19’ga qarshi vaksinasi ro‘yxatga olinganini e'lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina xavfsiz va hatto qizlaridan biri tomonidan qabul qilindi.
Shu bilan birga, g‘arb ekspertlari Rossiya insonlarda keng ko‘lamli sinovlar o‘tkazmasdan turib koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishga qaror qilganini qoralab chiqdi.
London Universitet kolleji qoshidagi Genetika instituti mutaxassisi Fransua Balluning fikricha, vaksinani shoshilinch ro‘yxatdan o‘tkazish «ahmoqona qaror».
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi
Jamiyat | 21:19
-
Suriyadagi yangi urush. Duruzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji
Jahon | 20:26
-
Qamoqdan ozod etilganlarga bir martalik nafaqa berish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 20:25
-
Uzcard va “Elkart” O‘zbekiston va Qirg‘izistonni transchegaraviy pul o‘tkazmalari xizmati bilan bog‘ladi
Jamiyat | 20:00
Mavzuga oid

21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025