Johnson & Johnson AQSh hukumatiga koronavirusga qarshi 1 mlrd dollarlik vaksina sotadi

Jahon 21:09 / 05.08.2020 4359

Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasi AQSh hukumati bilan vaksina sotuvi bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Kompaniyaning xabar qilishicha, AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dorilar sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi preparatdan foydalanishni ma'qullaydigan bo‘lsa, AQShga 1 mlrd dollarlik 100 mln doza eksperimental vaksina yetkazib beradi.

Avvalroq Yevropaning Sanofi va GlaxoSmithKline farmatsevtika kompaniyalari AQSh hukumati bilan koronavirusga qarshi 100 mln doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha qiymati 2,1 mlrd dollarlik shartnoma imzolaganini ma'lum qilgandi. Pfizer Inc. va BioNTech kompaniyalari ham 1,95 mlrd dollarlik shartnoma imzolagan.

Johnson & Johnson iyul oxiridan buyon o‘z vaksinasini odamlarda sinab ko‘rmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: