Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shartnomalar bekor qilingan, ba'zi futbolchilar qiynalib qolishdi». O‘zbekistonlik legionerlar Bangladeshdan qayta olmayapti
O‘zbekiston hukumati pandemiya boshlanganidan buyon ko‘plab charter reyslarni amalga oshirib, minglab fuqarolarimizni vatanga qaytardi. Biroq hanuzgacha chet davlatlarda qolayotgan fuqarolarimiz bor. Ular orasida futbolchilar ham bor.

Bangladesh poytaxti Dakka shahrida bo‘lib turgan «Paxtakor» va O‘zbekiston yoshlar jamoasi sobiq futbolchisi Alisher Azizovning Tribuna.uz caytiga ma'lum qilishcha, Bangladesh chempionatida to‘p tepgan 7 nafar o‘zbekistonlik futbolchi mart oyidan beri uylariga qaytib kela olmayapti.
Karantin joriy qilingunga qadar Bangladeshning «SHEIKHRUSSEL FC» klubida o‘ynagan Azizov bilan birga «BRASSERS FS» futbolchilari Otabek Valijonov va Murod To‘ychiyev, «CHITTAGONG ABAHANI FC» a'zolari Iqbol Boboxonov va Shukurali Po‘latov, «RAKHMATJONJ FC» jamoasida o‘ynagan Akobir To‘rayev va Furqat Hasanboyev ayni damda Bangladesh poytaxtida qolmoqdalar.
30 yoshli hujumchi Alisher Azizovningning aytishicha, Bangladesh chempionati 20 mart kuni 6-tur o‘yinlaridan so‘ng to‘xtatilgan. Mamlakat futbol federatsiyasi barcha klublarga legionerlar bilan shartnomalarni bekor qilishni tavsiya qilgan. Shunga ko‘ra, legionerlarga 20 martgacha bo‘lgan maoshlar to‘lab berilib, shartnomalar bekor qilingan. Shunga qaramay, o‘zbek legionerlari klublar qarorgohida yashab kelmoqda. Ba'zi jamoalar ancha vaqtgacha futbolchilarga kunlik oziq-ovqati uchun pul berib turgan. So‘nggi paytlarda bu to‘lovlar ham to‘xtagan.
«Bu yerda maoshlar uncha katta emas. Ba'zi futbolchilar qiynalib qolishdi. Ochig‘i, hech birimizga oson bo‘lmayapti. Biz pandemiya e'lon qilingan, chempionat to‘xtatilgan paytdayoq O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni tushuntirgandik. Ular Hindistondagi elchixona bilan bog‘laninglar, deyishdi. Biz bilan aloqaga chiqqan xodim esa Hindiston orqali charter reys bilan olib ketamiz, deb va'da berdi. Birinchi charter reysda olib ketishmadi. Biz Dakkadan Hindistonga borib olishimiz darkor. Ammo, reys yo‘q ekan. Ikkinchi charter reys ham ketdi. 10 kun bo‘ldi bunga. Hindiston ruxsat bermayapti, deyishdi. Bilsak, Dakkadan Dehliga reys bo‘lgan. Samolyot bo‘sh ketgan, joy bo‘lgan. Bizga joy yo‘q, deyishgandi. Hamon Dakkadamiz. Iyungacha o‘sha odamning gaplariga ishonib o‘tiribmiz. Uchinchi reys ham xuddi shunaqa bo‘ldi – ketolmadik. Hatto Qirg‘iziston orqali ketish variantini ko‘ra boshladik. Qirg‘iziston tomoni bizni olib ketishga rozi. 27 iyun sanasida Dakkadan Hindistonga, u yerdan Qirg‘izistonga reys bor ekan. Bizga faqat viza qilib berishsa bo‘ldi. Ammo elchixona shuniyam hal qilib berolmayapti», - deya vaziyatni tushuntirdi Alisher Azizov.
Qariyb to‘rt oydan buyon O‘zbekistonga qayta olmayotgan futbolchilarimizning muammosi hal bo‘lib, tez orada Vatanga qaytishlariga ishonamiz. Bu borada ularga O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham amaliy yordam beradi, deb umid qilib qolamiz.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Mavzuga oid

22:27 / 01.06.2025
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi

23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda

23:39 / 12.11.2024
Bangladesh Interpoldan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olishda yordam so‘radi

21:19 / 02.11.2024