Qozog‘istonda xorijliklarni faqat mahalliy mutaxassislar bo‘lmagan taqdirda ishga olishga ruxsat beriladi

Jahon 12:30 / 17.02.2020 8117

Qozog‘iston mehnat bozorida ma'lum bir lavozimlar uchun qozog‘istonlik mutaxassislar bo‘lsa, xorijlik ishchilarga kvota berishni taqiqlab qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Mamlakat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Birjan Nurimbetovning xabar berishicha, 2019 yilda hokimliklar xorijiy ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha berilgan 48,7 ming kvotaga 25,5 mingta ruxsatnoma taqdim etgan, ularning 80 foizi - kompaniyalar rahbarlari, shuningdek, tarkibiy bo‘linmalar menejyerlari va malakali mutaxassislar uchun berilgan. Ish beruvchilar 8,2 milliard tenge miqdorida soliq yig‘imi to‘lagan.

Vazirning aniqlik kiritishicha, kompaniyalar kadrlar tarkibida qozog‘istonlik fuqarolar ta'minoti bo‘yicha talabga rioya etmoqda, ularning ulushi 96 foizni tashkil etdi. 2020 yilda xorijlik ishchilarni jalb qilish kvotasi 2019 yilga nisbatan 40 foizga qisqartirildi va 29,3 mingni tashkil qildi.

«Migratsiya jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. U parlamentga taqdim etildi. Yashash uchun ruxsatnoma va Qozog‘iston fuqaroligini olish bo‘yicha bitta ariza bilan murojaat qilish huquqini taqdim etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ish beruvchilarga chet ellik malakali ishchilarni qozog‘istonlik kadrlar bilan almashtirish majburiyatini yuklash taklif qilinmoqda. Ruxsatnomalar faqat ichki mehnat bozorida kerakli mutaxassislar bo‘lmagan taqdirda berilishi kerak», - dedi Nurimbetov idora yig‘ilishida.

Ko‘proq yangiliklar: