Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand davlat tibbiyot institutining uzoq yillik rektori ishdan olindi
Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Azamat Shamsiyev lavozimidan ozod etildi va uning o‘rnini Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Jasur Rizayev egalladi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti Azamat Shamsiyev lavozimidan ozod etildi.
Vazirlar Mahkamasining 14 fevral kungi 82-sonli «Oliy ta'lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida»gi qarori bilan Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Jasur Alimjanovich Rizayev Samarqand davlat tibbiyot institutiga rektori etib tayinlangan.
Azamat Muxitdinovich Shamsiyev 2004 yildan buyon Samarqand davlat tibbiyot institutiga rektorlik qilib kelayotgandi.

Jasur Rizayev 2016 yilning avgustida Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor etib tayinlangandi.

U 1974 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 1996 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1998-2000 yillarda katta laborant, 2000-2007 yillarda assistent, 2007-2008 yillarda 1-TDTIda dotsent, 2008-2011 yillarda Toshkent shahar Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasida rahbar sifatida faoliyat yuritgan.
2011 yildan 2016 yilgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi bosh shifokori, 2016 yildan buyon Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining 2-Stomatologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin orada O‘zbekistondagi bir qator oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishdan olinishi haqida gapirgandi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01
-
Prezidentning Jizzaxga tashrifi, ijtimoiy obektlarning geoportali, shahodatnomadagi baholarning imtihonda inobatga olinmasligi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18